“Fan va innovatsiyalar” forumi 2016 yil 10 noyabr, Toshkent

  • Nashr etilgan 24/10/2018 - 15:00
  • 131 marta ko'rildi

Hurmatli hamkasblar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, (2016 yil 12 maydagi 96-son majlis bayoni) 2016 yil 10 noyabrda “Fan va innovatsiyalar” forumini o‘tkazadi.

Forum ishida ishtirok etishga taklif etamiz.

Forum mavzulari o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni oladi:

  1. Yuqori texnologiyalar sohasida innovatsion ishlanmalar;
  2. Yangi materiallar va texnologiyalar;
  3. Energiya va resurslarni tejash va ekologiya;
  4. Ilmiy va innovatsiya faoliyatini samarali boshqarish;
  5. Ta’limda innovatsion texnologiyalar.

Ishtirok etish shakli: og‘zaki ma’ruza (15 daqiqagacha).

Forumda ishtirok etish uchun mashhur olimlar, mutaxassislar va sanoat vakillari taklif etilgan. Forumning ma’ruzalar to‘plami uni o‘tkazish vaqtida nashr etiladi. To‘plamda ma’ruzani e’lon qilish va Forum ishtirokchisining to‘plami ma’ruza taqdim etgan muallif uchun bepul. Forum doirasida tijoratlashtirish istiqbollari bor ishlanmalarning tanlovi o‘tkaziladi.

QABUL MUDDATLARI: Tezislar va Forumda ishtirok etish uchun talabnomalar mualliflarning anketalari bilan birga elektron pochta orqali 2016 yilning 10 oktyabrigacha qabul qilinadi. Elektron pochta manzili: davr1960@mail.ru.

Taqdim etilgan ishlarni ko‘rib chiqish va ularni Forum dasturiga kiritish natijalari to‘g‘risidagi xabar mualliflarga 2016 yil 15 oktyabrgacha yetkaziladi.

Tashkilotchilar manzili: Toshkent shahri, Ya.G‘ulomov ko‘chasi, 70.

Telefon: 233-46-78.

Manbaa: ww.uzscience.uz